Menyu, xodimlar, sklad, pul va tahlil shu yerdan boshqariladi. Panel ikki qismga bo‘lingan: har kungi ish uchun bo‘limlar va alohida parol bilan himoyalangan sozlamalar. Kassir menyuni tahrirlay oladi, lekin maosh va byudjetga kira olmaydi.
📈
Dashboard
StartBugungi, oylik va choraklik savdo, kam qolgan mahsulotlar, kategoriyalar bo‘yicha taqsimot. Rahbar panelni ochishi bilan kun qanday ketayotganini ko‘radi.
🍽️
Menyu
StartTaom nomi va tavsifi 3 tilda, narx, kaloriya, tayyorlanish vaqti, rasm va 3D model. Variantlar (achchiq/shirin, 500 gr, 1 kg) har biri o‘z narxi bilan. Taomni bir bosishda menyudan yashirish mumkin.
🗂️
Kategoriyalar
StartMenyu bo‘limlari va ularning tartibi. Tartib ↑/↓ bilan o‘zgartiriladi va shu zahoti mijoz menyusida, kassada va ofitsant ilovasida yangilanadi.
📅
Ish jadvali
BiznesHaftalik smena jadvali: kim, qaysi kun, qaysi vaqtda ishlaydi. Yangi hafta boshlanganda o‘tgan hafta jadvali avtomatik nusxalanadi. Kechikish va kelmaslik shu jadvalga qarab hisoblanadi.
📦
Sklad
BiznesShtrix-kod skaneri yoki qo‘lda kirim, tannarx va sotish narxi, minimal qoldiq ogohlantirishi. “Qoldiq tugasa mijoz buyurtma qilmasin” bayrog‘i bor. Kirim, chiqindi va inventarizatsiyaning to‘liq tarixi saqlanadi.
💵
Kunlik maosh
BiznesTanlangan kun uchun har bir xodimga hisoblangan pul: soatlik stavka, KPI mezonlari va savdodan foiz. Qo‘lda hisob yo‘q, shuning uchun nizo ham kamayadi.
⚙️
Sozlamalar
StartRestoran nomi va logotipi, valyuta, ish kunining boshlanish soati (tungi smena uchun), zallar (Zal, Kichik zal, Hovli), printerlar, admin va oshxona parollari.
🔳
QR stollar
StartZal bo‘yicha har bir stolga alohida QR kod yaratiladi va chop etiladi. Mijoz skanerlaganda tizim stol raqamini o‘zi biladi, mijozdan stol raqami so‘ralmaydi.
👥
Xodimlar
StartXodim qo‘shish, rol, telefon, login va parol, menejerga biriktirish, shaxsiy soatlik stavka. Bosh oshpaz shogirdlarini baholaydi. Kimning hozir smenada ekani jonli ko‘rinadi.
🥧
Byudjet
BiznesHar kungi tushum foiz bo‘yicha bo‘limlarga bo‘linadi: ta'minot, ish haqi, ijara, zaxira va boshqalar. Har bir xarajat o‘z bo‘limidan yechiladi, bo‘lim minusga kirsa darhol ko‘rinadi. PDF hisobot ham chiqariladi.
🕘
Davomat
BiznesKim qachon keldi va ketdi, selfi bilan tasdiqlangan. Kechikishlar va oylik intizom hisoboti tanlangan sana oralig‘i uchun chiqadi.
🧠
Savdo tahlili
BiznesAI ProKun, hafta va oyni o‘tgan davr bilan solishtirish (yashil/sariq/qizil), taomlar kesimi, xizmat tezligi: qabul, oshxona, yetkazish. AI Pro'da Claude raqamlarni o‘qib, nima qilish kerakligini aytadi.
🔌
Integratsiya
StartLitsenziya va boshqaruv paneli bilan aloqa, xodimlar guruhiga xabarlar, AI kaliti, oshxona va bar printerlari (ESC/POS). Hammasi kod yozmasdan, shu sahifadan ulanadi.