Video bitta buyurtmaning butun yo‘lini ko‘rsatadi: mijoz, ofitsant, oshxona, kassa va rahbar. Hammasi demo restoranda, haqiqiy mijoz ma'lumotlarisiz yozilgan.
Ssenariy restoranning bir smenasiga asoslangan. Mijoz stolga o‘tirib QR'ni skanerlaydi. Buyurtma ofitsant, oshxona va kassadan o‘tadi, kun oxirida rahbar natijani va AI xulosasini ko‘radi.
Quyidagi havolalar demo restoranga olib boradi. U haqiqiy restoranlardan butunlay ajratilgan alohida baza. Bemalol buyurtma bering: hech qaysi oshxonaga borib qolmaydi.
Mijoz stoldagi QR'ni skanerlaganda ochiladigan menyu: 3D/AR taomlar, variantlar, savat, ofitsantni chaqirish. Kompyuterda bo‘lsangiz, QR'ni telefoningiz bilan skanerlang: siz 1-stoldagi mijozsiz.
Ofitsantning stollari, buyurtmani tasdiqlash, tayyor taom signallari. Kirgach, avval “Smenani boshlash” tugmasini bosing: smena Face ID selfi bilan ochiladi va shundan keyin buyurtmalar ko‘rinadi.
Oshpaz ko‘radigan navbat: yangi buyurtmalar, “tayyorlanmoqda”, “tayyor”, taomni yoki variantni “tugadi” deb belgilash.
Stollar xaritasi, hisob, bo‘lib to‘lash, chek, smena va Z-hisobot.
1) Kompyuterda ofitsant paneliga kiring va smenani boshlang. 2) Yonida oshxona ekranini oching. 3) Telefon bilan QR'ni skanerlab buyurtma bering. Buyurtma bir zumda ofitsantda paydo bo‘ladi, tasdiqlangach oshxona ekraniga o‘tadi. Hammasi real vaqtda, sahifani yangilamasdan.